Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emomali Rahmon Tojikistondagi hukmron partiya raisligiga qayta saylandi

Emomali Rahmon Tojikistondagi hukmron partiya raisligiga qayta saylandi

Foto: Avesta.tj

Prezident Emomali Rahmon mamlakatning yetakchi Tojikiston xalq demokratik partiyasi raisligiga qayta saylandi. Partiya kecha, 18-dekabr kuni Dushanbeda o‘tkazgan XV qurultoyda ovoz berilgan.

Ta’kidlanishicha, 72 yoshli prezident qurultoy ochilishida partiya a’zolarini TXDP 30 yilligi bilan tabriklab, uning so‘nggi besh yillikda erishgan yutuqlari haqida so‘zlagan.

Ma’lumot uchun: Emomali Rahmon 1998-yil 18-martidan buyon TXDP yetakchisi sanaladi. U Tojikistonni prezident sifatida boshqarayotganiga 30 yildan oshdi (1994-yil 16-noyabrdan buyon).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring