Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Elparvar» tarixiy filmining premera kuni ma’lum bo‘ldi

«Elparvar» tarixiy filmining premera kuni ma’lum bo‘ldi

«O‘zbekkino» MA buyurtmasiga binoan prodyuser Zafar Yo‘ldoshev hamda rejissyor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olingan «Elparvar» tarixiy filmining premera kuni ma’lum bo‘ldi.  Premera 19-mart kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Filmning suratga olish ishlari Buxoro va Xiva shaharlari hamda Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan.

Bosh rollarni yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishgan.

Bundan tashqari O‘zbekiston xalq artisti Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov, Tohir Saidov, Seydulla Moldaxanov, Lola Eltoyeva, Farhod Abdullayev, aktyorlar Alisher Uzoqov, Jamshid Sagatov, Turg‘un Beknazarov, Anjelika Esimbetova, Azim Yo‘ldoshev singari aktyor va aktrisalar filmda turli rollarni ijro etishgan.

«Elparvar» filmni 20-martdan yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring