Elon Mask Marsga yadro bombasi tashlash taklifini berdi
Milliarder hamda «SpaceX» va «Tesla» kompaniyalari asoschisi bu haqda o‘z tvitter-akkauntida xabar berdi.
Nuke Mars!
— Elon Musk (@elonmusk) 16 avgusta 2019 g.
«Marsni portlatamiz!» — milliarder, «SpaceX» va «Tesla» kompaniyalari asoschisi Elon Mask o‘z tvitter-akkauntida shunday xabar qoldirdi. Shundan so‘ng muxlislaridan «qizil sayyora» kolonizatsiyasi kelajagi haqidagi savollar yog‘ilishni boshlagan.
Fanatlar bu g‘oya yangilik emasligini unga eslatib qo‘yishdi. Maskning o‘zi ham 2015-yilda bir navi bo‘lsa ham atmosfera yaratish uchun o‘lik sayyorani «isitish» kerakligini aytgandi. Maskning ta’kidlashicha, buning uchun sayyora yuzasida bir necha termoyadroviy bombani portlatish kerak. Ana shunda, rejaga ko‘ra, sayyora yuzasidagi karbonat angidrid gazi zaxiralari muz qalpoqlarni «eritib», odamlar uchun birmuncha mo‘’tadil sharoitni yuzaga keltiradi.
Marsga parvoz 2030-yilning berisida amalga oshmaydi. Ungacha «SpaceX» kompaniyasi astronavtlardan tashqari, hozir sinovlari juda sust ketayotgan raketani ham tayyorlashga ulgurishi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter