Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekspert «rus tanklari» soniga aniqlik kiritdi: aslida kuchlar nisbati boshqacha

Ekspert «rus tanklari» soniga aniqlik kiritdi: aslida kuchlar nisbati boshqacha

Viktor Litovkin.

Foto: «Izvestiya»

Amerikaning «We Are The Mighty» nashri dunyodagi eng katta tanklar parki Rossiyaga tegishli deb yozgani haqida xabar bergandik.

Unda Rossiya qariyb 22 mingta tankka egaligi, NATOga a’zo Yevropa mamlakatlarida esa bu miqdor 11 mingtadan sal oshishi, hatto AQSh va Kanada tanklarini qo‘shsa ham jami ko‘rsatkich 18 mingtaga yetishi aytilgandi.

Iste’fodagi polkovnik, harbiy ekspert va jurnalist Viktor Litovkin amerikalik jurnalistlar Rossiyani agressor qilib ko‘rsatish uchun raqamlarni bo‘rttirishgan, degan fikrda.

Sobiq harbiyning ta’kidlashicha, Kaliningraddan Vladivostokkacha cho‘zilgan Rossiya armiyasini Yevropada g‘uj joylashgan NATO qo‘shinlari bilan solishtirishning o‘zi noto‘g‘ri.

«Ular raqamlarni o‘zlariga moslab shishirishgan. Agarda tanklar emas, umumiy qudrat ko‘zda tutilsa, NATO ancha kuchli. Ular ko‘p narsada oldinda: tanklari — ikki, artilleriyasi — uch, aviatsiyasi — uch-to‘rt karra, kemalari — 2-3 baravar ko‘p», — deydi Litovkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring