Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan 250 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan

Noqonuniy daraxt kesilishi yuzasidan 250 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan

Foto:«Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida brifing va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. 

Unda rasmiylar O‘zbekiston bo‘ylab shu vaqtga qadar qancha daraxt noqonuniy kesilgani, yetkazilgan zararlar boshqa raqamlar xususida so‘z yuritildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan beri o‘tgan vaqt davomida 2778 marotaba daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari sodir etilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga ko‘paygan. Jami 700 million so‘mlik jarima qo‘llanilgan. 

Shuningdek, 250 ta jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgan. 

Avvalroq, daraxt kesishga qarshi moratoriy e’lon qilish taklifi berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring