Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eko-jurnalistlar sayyora inqirozining oldini olish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qildilar

Eko-jurnalistlar sayyora inqirozining oldini olish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni muhokama qildilar

BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi (SOR28) doirasida 5 dekabr kuni Dubay (BAA) shahridagi «O‘zbekiston» pavilonida «Jurnalistika uch tomonlama sayyora inqirozi davrida» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri maslahatchisi Suna Park, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) kommunikatsiya, tashqi aloqalar va hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Kseniya Skenlon, «Kommunikatsiyalar uyushmasi» xalqaro ekologik tashkiloti (IECA), BBS, «Earth Journalism Network», «Third Plus» jurnali va boshqa xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad ekologik jurnalistika sohasi mutaxassislari uchun o‘zaro tajriba almashish va global iqlim muammolari sharoitida ularni ommalashtirish uchun platforma yaratishdan iborat.

Seminarda ekologik muammolar oldida jurnalistikaning asosiy roli muhokama qilindi. Ishtirokchilar atrof-muhit masalalari bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish va shaffoflikni ta’minlash uchun atrof-muhitga oid aniq ma’lumotlar zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va atrof-muhit degradatsiyasi kabi uch tomonlama sayyora inqirozini hal qilishda jurnalistika xabardorlikni oshirish, harakatni rag‘batlantirish va ongli qarorlar qabul qilishga ko‘maklashuvchi kuchli vosita ekanligi qayd etildi. Ushbu hisobot shaklining rivojlanishi mahalliy ommaviy axborot vositalariga mintaqaga xos ekologik muammolar haqida xabar berish imkoniyatini beradi, mahalliy ovozlar va muammolar mintaqaviy va global miqyosda ifodalanishini ta’minlaydi.

Ta’kidlanganidek, eko-jurnalistika va muloqot yo‘lidagi to‘siqlarni muhokama qilish aholining ekologik muammolardan xabardorligini oshirish, ilmiy dalillarni turli auditoriyalar uchun ochiqlash, tashkilotlarni o‘z harakatlari uchun javobgarlikka tortish uchun zarur.

Tadbir davomida ma’ruzachilar ekologik jurnalistika va iqlim aloqasidagi imkoniyatlar hamda to‘siqlar haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring