Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX go‘daklarini sotayotgan ayollarni qo‘lga oldi

DXX go‘daklarini sotayotgan ayollarni qo‘lga oldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro viloyatida tug‘ilgan, Guliston shahrida vaqtincha yashovchi ayol joriy yilning 30 yanvar kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Termiz tumanida yashovchi ayol joriy yilning 25 yanvar kuni tug‘ilgan qiz farzandini o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan ayol bilan til biriktirib, Termiz shahrida 25 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Chirchiq shahrida yashovchi ayol o‘zining 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini Toshkent shahrida 3 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Namangan shahrida yashovchi ayol o‘zining 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 18 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, talab qilingan puldan 4 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring