Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng yaxshi marafonchisi fojiali tarzda halok bo‘ldi

Dunyoning eng yaxshi marafonchisi fojiali tarzda halok bo‘ldi

Marafon bo‘yicha jahon rekordchisi, 24 yoshli Kelvin Kiptum Keniya g‘arbida sodir bo‘lgan avtohalokatda fojiali tarzda halok bo‘ldi.

Keniyaning Nation nashriga ko‘ra, Kiptum Toyota Premio mashinasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan, mashina ichida ikki yo‘lovchi ham bo‘lgan. Sportchi boshqaruvni yo‘qotib, mashina yo‘ldan chiqib ketgan va katta daraxtga borib urilgan.

YTH natijasida Kiptum va uning murabbiyi Jerve Xakizimana voqea joyida vafot etdi. Sharon Kosgi ismli yo‘lovchi jiddiy jarohat olgan.

Kiptum 2023 yilning 23 aprelida London marafonida g‘alaba qozonib, yengil atletika yulduziga aylangandi. 8 oktyabr kuni esa u Chikago marafonida klassik masofani ikki soatu 35 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini yangilagan. Rekord o‘tgan hafta Xalqaro yengil atletika federatsiyasi tomonidan rasman tasdiqlangandi.

Besh kun oldin Kiptum va uning jamoasi Rotterdam marafonida 42 km, 195 m masofani ikki soat ichida bosib o‘tishni rejalashtirayotganliklarini e’lon qilishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring