Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XXI asrning eng yaxshi sportchisi nomi e’lon qilindi

XXI asrning eng yaxshi sportchisi nomi e’lon qilindi

Amerikalik suzuvchi Maykl Felps ESPN talqiniga ko‘ra XXI asrning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinda amerikalik tennischi Serena Uilyams, kuchli uchlikni argentinalik futbolchi Lionel Messi yakunlab turibdi.

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu 13-o‘rinni egalladi.

Maykl Felps 23 karra Olimpiada chempioni. U 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadagi so‘nggi medalini qo‘lga kiritdi.

Felps 15 yoshu 9 oyligida suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan eng yosh odamga aylandi. Keyin u 200 metrga batterflay usulida rekord o‘rnatdi.

Felps, shuningdek, 2001-2010-yillarda individual musobaqalar va estafetalarda 50 karra AQSh chempioni sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring