Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoni 30 daqiqada yo‘q qila oluvchi suvosti kemalari nomlari e’lon qilindi (infografika)

Dunyoni 30 daqiqada yo‘q qila oluvchi suvosti kemalari nomlari e’lon qilindi (infografika)

Foto: «YouTube»

«National Interest» jurnali 30 daqiqaga qolmay dunyoning kulini ko‘kka sovura oladigan beshta suvosti kemasi nomini keltirdi: uchtasi Rossiya, ikkitasi AQShga tegishli.

Maqola mualliflari Rossiya HDF va AQSh HDK foydalanuvidagi yoki tez orada suvga tushiriladigan atom sumbarinalarini o‘zaro solishtirishdi.

Reytingda ruslarga qarashli 955 loyihasining «Borey» (mualliflar ularni ballistik raketalarga ega eng sokin submarinalar deya ta’riflashdi), 667BDRM loyihasining «Delfin» hamda 885M loyihasining «Yasen-M» submarinalari tilga olingan. Mana shularning oxirgisi, mualliflarning nazarida, AQSh sharqiy sohillariga ikki ming kilometrgacha yaqinlasha olishi va turgan joyidan Buyuk ko‘llargacha bo‘lgan barcha nishonlarni o‘qqa tutishi mumkin.

«Yasen-M» turkumidagi submarina

AQSh submarinalaridan «Ogayo» toifasidagi hamda yanagi yili qurilishi boshlanib 2031-yili harbiylarga beriladigan yangi toifadagi «Kolumbiya» suvosti kemalari sanab o‘tilgan.

«Ogayo» turkumidagi submarina

Nashr yozishicha, ana shu besh toifa submarina orasida shunaqa kuchlilari borki, bittasining o‘zi bitta shahar kattaligidagi 288 ta nishonning kulini ko‘kka sovura oladi.

«Mabodo uchinchi jahon urushi boshlanib qolsa, bu qudratli mashinalar va ularga joylangan jangovar aslahalar butun boshli tamaddunni siz buyurgan pitssa yetib kelgunicha yo‘q qilib tashlay oladi», — deb yozilgan ushbu maqolada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring