Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubaydan chiqish tavsiya etilmaydi

Dubaydan chiqish tavsiya etilmaydi

Foto: «Yandex.com.tr»

BAA Sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligi koronavirus tarqalayotgani bois amirlik fuqarolari va mamlakatda istiqomat qilayotgan xorijlik mehmonlarni chet elga chiqmaslikka chaqirdi, deyiladi vazirlikning «Twitter»dagi xabarida.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi bir qancha mamlakatlarda koronavirus tarqalgani bois mamlakat fuqarolari va bu yerda yashayotgan chet elliklarni zarurat bo‘lmaganda xorijga safar qilishdan saqlanishga chaqirmoqda», — deyiladi axborotda.

Avvalroq BAA hukumati 8 martdan boshlab mamlakatdagi barcha o‘rta va oliy ta’lim muassasalarini bir oyga yopishini, o‘quvchilarni ta’tilga yuborishini, bu vaqt davomida esa masofadan turib ta’lim olishini ma’lum qilgandi. Seshanba kuni BAA Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda olti kishi koronavirusni yuqtirganligini xabar bergandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular «BAA Tur» velopoygasiga kelgan fransiyalik ishtirokchilar bilan muloqotda bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring