Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Doping berganning jazosi qanday? Germaniyada sud hukm chiqardi

Doping berganning jazosi qanday? Germaniyada sud hukm chiqardi

Mark Sh. (o‘rtada) aybdor deb topildi.

Foto: EPA/UPG

Germaniyada, 2015-yilda dopingga qarshi qonun kuchga kirganidan so‘ng, ilk yirik jinoiy ish ko‘rib chiqilishi yakuniga yetdi. Kecha, 15 yanvar kuni sud hukmi chiqarildi, deb yozmoqda «Korrespondent».

Sportchilarga ko‘p yillar davomida doping berib kelgan erfurtlik shifokor Mark Sh.ni Myunxen sudi aybdor deb topdi. Shifokor 4 yil-u 10 oyga ozodlikdan mahrum etildi, qolaversa, 158 ming yevro jarima to‘laydi, uch yil davomida professional faoliyat yuritishi taqiqlandi.

Mark Sh. bilan birga uning to‘rt nafar yordamchisi ham tegishli jazolarga tortildi.

Sudda qayd etilishicha, Mark Sh. uzoq yillar davomida 8 mamlakatning 23 nafar sportchisiga doping-ko‘mak berib kelgan.

Tergov organlariga ko‘ra, bu sportchilar 2014, 2016, 2018-yillardagi Yozgi va Qishki olimpiadalar, Tur-de-Frans velopoygalari, 2017-yilgi chang‘i sporti bo‘yicha jahon chempionati va boshqa qator yirik turnirlarda qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring