Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donald Tramp Saudiya Arabistoniga qo‘shin yubormasligini e’lon qildi

Donald Tramp Saudiya Arabistoniga qo‘shin yubormasligini e’lon qildi

Foto: «Novorosinform.org»

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga 12 ming harbiy yubormasligini ma’lum qildi.

Avval «Fox News» telekanali Amerika mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib Pentagon Eronga qarshi turish uchun Yaqin Sharqqa qo‘shimcha yetti ming nafar harbiy xizmatchi yuborishi mumkinligi to‘g‘risida xabar bergandi. Bungacha «Wall Street Journal» gazetasi AQSh mazkur hududga 14 ming kishilik qo‘shin yuborish ehtimolini ko‘rib chiqayotganini yozgandi. Pentagon buni inkor etdi. Biroq AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Jon Rud kontingentni kengaytirish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini tasdiqladi. Bunda AQSh Yaqin Sharqning aynan qaysi mamlakatiga qo‘shin yuborish niyati borligi aytilmagan.

— Saudiya Arabistoniga 12 ming harbiy xizmatchi yuborayotganimiz haqidagi xabarlar — yolg‘on, aniqrog‘i, soxta yangiliklar! — deb yozadi Amerika yetakchisi o‘zining «Twitter»ida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring