Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daraxtkesarlar endi jarimadan tashqari daraxt ekish va parvarishlashga ham majburlanadi

Daraxtkesarlar endi jarimadan tashqari daraxt ekish va parvarishlashga ham majburlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2023-yil 1-noyabrdan ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat ob’yektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta’minlash majburiyati yuklatiladi.

Shuningdek, ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan ob’yektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi ham joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-yanvardan respublikaning uzoq muddatli suv balansi prognozini yuritish va suv resurslarini tejash dasturlarini qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar 10 foiz stavkada (foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga) ajratiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring