Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlaridagi ehtimoliy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Dam olish kunlaridagi ehtimoliy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati 8-13 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 daraja iliqqacha, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda bugun kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi, shimolda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ho‘l qor) bo‘lishi mumkin.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Poytaxtimizda: bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kautilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 10-13 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring