Chirchiqdagi institut ilk bor magistrlarni qabul qilmoqda
Joriy o‘quv yilidan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ilk marotaba magistratura mutaxassisligiga bo‘yicha qabul kvotalari belgilandi. Bunda Aniq fanlar, tabiiy fanlar hamda horijiy tillarni o‘qitish sohalari bo‘yicha 6 ta mutaxassisligida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Mutaxassisliklar bo‘yicha 44 ta kvota belgilangan bo‘lib, unga 181 nafar bakalavr hujjat topshirdi. Institutda magistratura mutaxassisliklarini ochishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – institut uchun malakali pedagog kadrlar zahirasini boyitish, pedagogika sohasida ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, sohaga yangi innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha zamonaviy kadrlar tayyorlashdan iborat.
Ayni paytda institutda imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Jahongir Begaliyev (bakalavr): – Pedagogika sohasida 18 yildan buyon faoliyat olib boraman. Dastlab maktab, kasb-hunar kollejlarida ishladim. Endilikda faoliyatimni magistraturada davom ettirmoqchiman. Sababi, pedagogika sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish, qolaversa, magistraturani tamomlagandan so‘ng shu institutda ishlash niyatim bor. Shu o‘rinda bir taklifni aytmoqchi edim, ya’ni shartnoma asosida o‘qiga kirgan magistrantlarning ham to‘lov-shartnomalari institut tomonidan to‘lab berilsa va kontrakt summasi institutdagi dastlabki 5 yillik faoliyat davomida qaytarilsa, yaxshi bo‘lar edi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter