Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chempion shaxmatchilarimiz qachon O‘zbekistonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Chempion shaxmatchilarimiz qachon O‘zbekistonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Hindistonning Chennai shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari - O‘zbekiston terma jamoasi 11-avgust kuni tonggi 02:00 da Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroporti «Tyerminal 2»da kutib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Niderlandiya jamoasi ustidan g‘alaba qozonib (2,5:1,5), chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarga qo‘ng‘iroq qilib, ularni g‘alaba bilan tabrikladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring