Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugundan «metan zapravka»larning ish vaqti yana qisqartirildi

Bugundan «metan zapravka»larning ish vaqti yana qisqartirildi

Bugun, 12-dekabrdan respublika bo‘ylab barcha AGTKSh («metan zapravka»)lar ish vaqtiga o‘zgartirishlar kiritilib, soat 06:00 dan 12:00 gacha etib belgilandi. «Hududgazta’minot» AJ bergan ma’lumotga ko‘ra, bunga ayrim joylarda tabiiy gaz iste’moli ortgani va gaz bosimining pasaygani sabab bo‘lgan.

«Ushbu choralar vaqtinchalik bo‘lib, havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda qo‘llaniladi», – deyiladi rasmiy xabarda.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasi 14-15-dekabr kunlari chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi havo sovishi munosabati bilan joriy yil 8-dekabr kuni respublika bo‘ylab metan shoxobchalar soat 6:00 dan 15:00 gacha ishlashga o‘tgani haqida xabar bergan edi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring