Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu tarixdagi eng qimmat ajrashishga aylanishi mumkin

Bu tarixdagi eng qimmat ajrashishga aylanishi mumkin

Foto: «Business Insider»

Microsoft asoschisi Bill Geyts 27 yillik turmushidan keyin rafiqasi Melinda bilan rasman ajrashdi, deb yozadi Business Insider sud hisobotiga tayanib.

Qayd etilishicha, 2-avgust kuni sudya Geytsning nikohni bekor qilish to‘g‘risida yakuniy qarorini qabul qilgan. Sobiq turmush o‘rtoqlarning hech biri familiyasini o‘zgartirishni so‘ramagan, deb xabar beradi CNBC. Ajrashishning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.

Bu dunyodagi eng qimmat ajrashishga aylanishi taxmin qilinmoqda. Avvalgi «rekord»ni Amazon onlayn-riteyler asoschisi Jeff Bezos va uning sobiq rafiqasi Makkenzi Bezos o‘rnatgan. Geyts dunyodagi eng boy besh tadbirkordan biri, oilasining boyligi 130 milliard dollarga baholanmoqda.

«Biz jamg‘arma ustida birgalikda ishlashda davom etamiz, ammo endi hayotimizning ushbu bosqichida er-xotin sifatida o‘sishimiz mumkinligiga ishonmaymiz», — deya xulosa qilishgan ular.

Er-xotin 3-may kuni ajrashishlarini e’lon qilishgandi. Bill va Melinda Geyts 27 yillik turmushdan keyin ajrashishayotganini va «munosabatlar ustida tinimsiz ishlashini» ta’kidladilar. Ular bu vaqt mobaynida uchta ajoyib bolani tarbiyalashganini va butun dunyoda ishlaydigan xayriya jamg‘armasini tashkil etishganini aytib o‘tishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring