Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada milliy motam e’lon qilindi

Britaniyada milliy motam e’lon qilindi

Foto: «Rus.jauns.lv»

Avvalroq qirolicha Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp 100 yoshida vafot etgani haqida xabar bergandik.

Britaniyada 9-aprelda qirolicha Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filippning vafot etishi munosabati bilan milliy motam e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

Amaldagi monarxning turmush o‘rtog‘i bilan xayrlashishning rasmiy davri 20 kun davom etadi. U qirolichaga uylanganiga 73 yildan oshdi va 99 yoshida vafot etdi.

16-fevral kuni Filipp shifoxonaga yotqizilgandi, bundan bir necha kun oldin u sog‘lig‘i yomonligidan shikoyat qilgandi. Xabarlarga ko‘ra, shifoxonaga yotishiga yangi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa yuqumli kasallik sabab bo‘lgan. Filipp ham, Yelizaveta II ham COVID-19ga qarshi emlanishgan.

1-mart kuni Filipp surunkali yurak xastaligi bilan bog‘liq tekshiruv uchun Avliyo Varfolomeya gospitaliga ko‘chirilgan. Ikki kundan so‘ng yuragini operatsiya qilishdi. 16-mart kuni Britaniya malikasining turmush o‘rtog‘i shifoxonadan chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring