Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyadagi turmada mahbuslar 7 nafar posbonni garovga olishdi

Braziliyadagi turmada mahbuslar 7 nafar posbonni garovga olishdi

Foto: «RIA Novosti»

Braziliya shimoli-g‘arbidagi Manaus shahar qamoqxonasida mahbuslar yetti nafar soqchini garovga olishdi. Isyon sababi hozircha noma’lum, deya xabar berdi «Reyter» agentligi turma vakillariga tayanib.

Xabarlarga ko‘ra, gap Purakekuara turmasi haqida bormoqda. Agentlikning ma’lum qilishicha, isyonning aniq sababi aytilmagan, biroq, mahalliy telekanalning xabar berishicha, mahbuslar turmada elektr tokining yo‘qligi va jaziramadan shikoyat qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Mahbuslar matbuot xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchilar ishtirok etishini talab qilmoqda. Ayni vaqtda isyon qurbonlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Hodisa joyiga politsiya guruhlari yuborilgan, garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Agentlikning xabariga ko‘ra, Braziliya qamoqxonalarida mahbuslar tez-tez isyon ko‘tarib turishadi. 2017-yil yanvarda mamlakat shimoli va shimoli-sharqidagi turmalarda jinoiy to‘dalar to‘qnashuvi paytida qariyb 150 nafar mahbus halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring