Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozorlardan biriga bomba qo‘yib ketildi – Hindiston

Bozorlardan biriga bomba qo‘yib ketildi – Hindiston

Foto: India Today

Hindiston poytaxti Dehli shahri sharqidagi bozorlardan biriga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma Hindiston politsiyasi xodimlari tomonidan topilib, zararsizlantirildi.  Bu haqda «India Today» ma’lum qildi.

Bomba 1,5 kg og‘irlikda bo‘lib, uni mobil telefon yordamida faollashtirish mumkin bo‘lgan.

Politsiyaning qayd etishicha, qurilmani Hindiston milliy bayrami – 26 yanvarda nishonlanadigan Respublika kuni arafasida portlatish rejalashtirilgan.

Rasmiylar agar jinoyatchilar o‘z rejalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishsa, portlash ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring