Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar uchun yangi «Aqlvoy» telekanali tashkil etilmoqda

Bolalar uchun yangi «Aqlvoy» telekanali tashkil etilmoqda

«Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy «Aqlvoy» telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi.

Ma’lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish (edutainment) telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 Mazkur telekanal:

- «Edumedia Corporation» MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta’sis etiladi;

- respublikaning barcha hududlarida yetkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi;

- o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring