Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bodibilding va fitnes bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start olmoqda

Bodibilding va fitnes bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start olmoqda

13-sentyabr kuni bodibilding va fitnes bo‘yicha kattalar hamda yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start beriladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

«PROFORM klassik sport festivali» doirasida bo‘lib o‘tadigan musobaqaga Toshkent shahrida joylashgan «PROFORM» sport klubi mezbonlik qiladi.

Musobaqa to‘rtta asosiy yo‘nalishda tashkil etiladi:

Sport-fizik (erkaklar) 180 sm.gacha;

Sport-fizik (erkaklar) 180 sm.dan yuqori;

Model-fizik (ayollar)170 sm.gacha;

Model-fizik (ayollar) 170 sm.dan yuqori.

Shuningdek, sportchilar musobaqalarda 60 kg va 100 kg.dan ortiq vaznlarda turli kategoriyalar bo‘yicha ham bellashadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring