Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger-bodibildingchi 30 yoshida to‘satdan vafot etdi

Bloger-bodibildingchi 30 yoshida to‘satdan vafot etdi

Ispaniyalik taniqli bodibildingchi bloger Alfredo Martin 30 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi The Sun.

Martinning o‘limi haqida uning do‘sti ma’lum qildi, ammo fojiaga nima sabab bo‘lganini aytmadi.

Martin vegetarianlar nuqtai nazaridan sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini muhokama qilgan bodibilder sifatida mashhur bo‘lgan. U o‘z obunachilariga mashg‘ulotlar va ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar berib kelgan.

Shuningdek, u mashg‘ulotlar haqida kitob yozgan, bundan tashqari, bodibilder fitness akademiyasini tashkil qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring