Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes-ombudsman DSQni ogohlantirdi

Biznes-ombudsman DSQni ogohlantirdi

Biznes-ombudsman Davlat soliq qo‘mitasini ogohlantirdi. Bu haqda «biznesvakil.uz» sayti xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni bilan koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlik sub’yektlariga tadbirkorlik sub’yektlariga qator imtiyoz va yengilliklar berilgan. Xususan, mazkur huquqiy hujjatlarga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shu jumladan 2020-yil 1-aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, shuningdek, ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha oshirilgan stavkalarni qo‘llash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini ko‘rish tartibi 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar to‘xtatilishi belgilangan.

Biroq o‘tkazilgan tahlillar natijasida, 4 208 nafar tadbirkorlarga bugungi kunga qadar to‘lanmagan 145,5 mlrd. so‘m asosiy qarzdorlik va ushbu qarzdorlikka nisbatan 3,7 mlrd. so‘m qiymatidagi penyalar hisoblangani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Biznes-ombudsman tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga ogohnoma kiritildi.

Natijada Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda ta’sirchan soliq qo‘llash natijasida tadbirkorlarning bank hisobvaraqalariga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari chaqirtirib olindi hamda mazkur turda chiqarilgan sud qarorlari ijrosini 2020-yil 31-dekabrga qadar to‘xtatish to‘g‘risida sudlarga iltimosnomalar kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring