Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Biryo‘la sakkiz hududda bemorlar aniqlandi. Ikki kishi vafot etdi

Biryo‘la sakkiz hududda bemorlar aniqlandi. Ikki kishi vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 30-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 519 (+165) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

94 nafari Toshkent shahrida,
32 nafari Namangan viloyatida,
12 nafari Samarqand viloyatida,
9 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 52 970 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 081 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring