Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Berdimuhamedov Qozog‘iston prezidentiga ot va it sovg‘a qildi

Berdimuhamedov Qozog‘iston prezidentiga ot va it sovg‘a qildi

Foto: «Xronika Turkmenistana»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki kunlik davlat tashrifi bilan Turkmanistonga bordi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» xabar berdi.

Qozog‘iston prezidenti tashrif davomida Axalteke ot sporti majmuasiga bordi, unga Turkmaniston rahbarining otlar kolleksiyasi tanishtirildi.

Tadbir so‘ngida Gurbanguli Berdimuhamedov qozog‘istonlik hamkasbiga Axalteke zotli Ganatli otini sovg‘a qildi.

«Turkman alabayi» xalqaro assotsiatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Serdar Berdimuhamedov esa martabali mehmonga Bovser laqabli tozi it sovg‘a qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring