Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Belarusdagi amerikaliklardan zudlik bilan oziq-ovqat g‘amlab qo‘yish so‘raldi

Belarusdagi amerikaliklardan zudlik bilan oziq-ovqat g‘amlab qo‘yish so‘raldi

Foto: «Rubic.us»

AQShning Minskdagi elchixonasi Belarusda yurgan amerikaliklarni Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya qo‘ygan ultimatum muddat tugashiga zudlik bilan hozirlik ko‘rishga chaqirdi.

Xususan, elchixona o‘z fuqarolaridan kamida uch kunga yetadigan oziq-ovqat, suv va dori g‘amlab qo‘yishni so‘radi. Imkon qadar uyda qolish, ko‘chaga chiqqan taqdirda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, jumladan, amaldagi Belarus vizasiga ega yoki vizasiz kirish huquqini beruvchi muhrga ega AQSh pasportini olib yurish tavsiya etilyapti.

Eslatib, o‘tamiz, Tixanovskayaning «Xalq ultimatumi» muddati ertaga, 25-oktyabr, yakshanba kuni nihoyasiga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring