Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 1-3 sentyabr dam olish kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1 sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni (PF-108-son) ga muvofiq joriy yil sentyabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga to‘lanishi ta’minlanadi.

Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga to‘lovlar 4 sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring