Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden-Tramp: Saylov natijasi dollarga qanday ta’sir ko‘rsatadi — ekspert fikri

Bayden-Tramp: Saylov natijasi dollarga qanday ta’sir ko‘rsatadi — ekspert fikri

Foto: CGTN

AQSh prezidentligi uchun saylovda Jo Baydenning g‘alabasi dollarning xalqaro bozordagi dinamikasiga salbiy ta’sirini o‘tkazishi, xususan, qisqa vaqt oralig‘ida AQSh valyutasi yevroga nisbatan 1-2 foizga qadrsizlanishi mumkin, chunki kutilayotgan rag‘batlantiruvchi choralar hajmi qo‘shimcha pul chopish etilishidan dalolat bermoqda. Bu haqda «RIA Novosti»ga «BKS Mir investitsiy» prezident-raisining investitsion va sug‘urta biznesi bo‘yicha o‘rinbosari Edvard Golosov ma’lum qildi.

«Baydenning g‘alabasi» dollar dinamikasi uchun salbiy omil bo‘lishi mumkin, negaki qo‘shimcha rag‘batlantirish — pullarning iqtisodiyotga oqizilishi, (ortiqcha) pul chop etilishi valyutani qadrsizlantiradi. Dollar uchun Tramp g‘alabasi foydaliroq», — dedi u.

Golosovning ta’kidlashicha, har ikki nomzod saylangan taqdirda ham AQSh iqtisodiyoti uchun rag‘batlantiruvchi choralar ko‘zda tutilgan, biroq Bayden siyosatida «rag‘batlantiruvchi paketlar» kattaroq.

Iqtisodiyotni qo‘llash uchun navbatdagi qo‘shimcha choralar paketi ayni paytda Tramp boshchiligidagi respublikachilar ma’muriyati hamda kongressdagi demokratlar o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda. Na mablag‘lar hajmi, na taqsimlanishi borasida tomonlar bir to‘xtamga kelisha olishmayapti. Tramp ma’muriyati 1,8 trln. dollar ajratishga rozi, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi esa 2,2 trln. dollar ajratilishi tarafdori.

AQShda prezidentlik saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, muddatdan avval saylovlar ayrim shtatlarda boshlanib ketgan.

«Dollar yevroga nisbatan 1-2 foizga arzonlashuvi Baydenning g‘alabasidan keyinoq, qisqa muddatga ehtimolda tutilyapti, so‘ngra qandaydir tendensiya boshlanadi. Bu tendensiya yo‘nalishini esa bevosita Qo‘shma Shtatlar qanday rag‘batlantiruvchi choralar qo‘llashi va Yevropa Ittifoqi qanday yo‘l tutishi belgilab beradi. Chunki YeI ham rag‘batlantiruvchi choralarni rejalashtirgan... Umuman olganda, dollarning qadrsizlanishini har qanday holatda ham (Bayden yoki Tramp g‘alaba qozonishidan qat’i nazar) kutsak bo‘ladi, faqat Bayden g‘alaba qozonsa, bu yaqqolroq namoyon bo‘ladi», — qo‘shimcha qildi ekspert.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring