Bavariya – PSJ, Real – Liverpul. YeChLda super juftliklar yuzaga keldi
Bugun, 19-mart kuni UEFAning Nyondagi qarorgohida Chempionlar ligasi 1/4 va 1/2 final bosqichlariga qur’a tashlandi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, YeChL 1/4 finalida:
- Manchester Siti – Borussiya D
- Portu – Chelsi
- Bavariya – PSJ
- Real – Liverpul bahs olib boradigan bo‘ldi.
Qur’ada qaysi juftliklarning yarimfinalda o‘zaro duch kelishi ham aniqlandi. Unga ko‘ra:
- Portu – Chelsi g‘olibi Real – Liverpul g‘olibi bilan, Manchester Siti – Borussiya D g‘olibi esa Bavariya – PSJ g‘olibi bilan bahslashadi.
Chorakfinalning dastlabki bahslari 6-7-aprel, javob uchrashuvlari esa 13-14-aprel kunlari o‘tkaziladi. Yarimfinal o‘yinlari esa 27-28-aprel va 4-5-may kunlariga belgilangan.
Final 29-may kuni Istanbuldagi «Otaturk» o‘yingohida o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter