«Barselona» prezidenti iste’foga chiqdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi prezident Jozep Bartomeu iste’fosini e’lon qildi.
Ushbu qaror «Barsa» rahbarlarining 27-oktyabrdagi uchrashuvidan so‘ng qabul qilingan.
Avvalroq Bartomeuga nisbatan klub a’zolari tomonidan ishochsizlik votumi kiritilgan edi. Prezident referendumni kutmasdan iste’fo berdi.
2014 yildan beri Kataloniya klubi prezidenti sifatida ishlab kelgan Bartomeu so‘nggi vaqtlarda tanqidlar ostida qolgandi. Muxlislardan tortib, klubning yetakchi futbolchilarigacha uning faoliyatidan norozi ekanini bildirayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter