Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Azov dengizidagi rus tankerida portlash sodir bo‘ldi

Azov dengizidagi rus tankerida portlash sodir bo‘ldi

Azov dengizida Rossiyaning «General Azi Aslanov» neft tankerida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tankerda jami 13 kishi bo‘lgan. Portlashlar yong‘in sodir bo‘lganidan keyin sodir bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, kema «Kavkaz» portidan Rostov-Donga suzib ketayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tanker bo‘sh.

Hozirda uchta qutqaruv kemasi tanker tomonga ketmoqda.

«Bosh boshqarmada tezkor shtab tashkil etilgan. Vaziyat Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi tomonidan maxsus nazoratga olingan», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring