Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayol xiyonatchi eriga qarshi odam yolladi

Ayol xiyonatchi eriga qarshi odam yolladi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 26-aprel kuni soat 01:00 larda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Baxt mahallasida yashovchi 58 yoshli A.Olimjonning yashash hovlisiga noma’lum shaxslar yuzlariga qora rangli niqob kiygan holda kirgan. Ular A.Olimjonning uxlab yotganligidan foydalanib, unga tayoq bilan hujum qilgan. Uni urayotgan vaqtlarida A.Olimjon ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Shunga qaramay, ular unga tegishli telefon apparatini olib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.Olimjonning turmush o‘rtog‘i 53 yoshli A.Muqaddasning buyurtmasiga asosan jiyani 22 yoshli M.Nodirbek tanishi 21 yoshli B.Shahzodbek bilan sodir qilganligi, A.Muqaddas turmush o‘rtog‘i ayollar bilan ishqiy munosabatga kirishib unga xiyonat qilayotganligi sababli qo‘rqitib qo‘yish maqsadida buyurtma berganligi aniqlanib, M.Nodirbekdan telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring