Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobus haydayotganda telefondan foydalangan 7 haydovchi ishdan olindi

Avtobus haydayotganda telefondan foydalangan 7 haydovchi ishdan olindi

11-dekabr kuni «Toshshahartransxizmat» boshqaruvi raisi Anvar Jo‘rayev avtobus haydovchilarining mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan reydda ishtirok etdi.

Yetti nafar haydovchi avtobuslarni boshqarayotganda telefondan foydalangan. Yo‘l harakati qoidalari va ichki mehnat qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani sababli ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Kompaniya ularning ismlari va ishlagan yo‘nalishlarni e’lon qildi: 89-, 135-, 44-, 43-, 35-, 46- va 53-raqamli avtobuslar.

«Toshshahartransxizmat» yo‘lovchilarni avtobus haydovchisining mobil telefondan foydalanganiga guvoh bo‘lgan taqdirda, 1062 ishonch telefoniga murojaat qilishni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring