Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ariza holatini DXMga bormasdan Yagona portal orqali tekshirish mumkin (video)

Ariza holatini DXMga bormasdan Yagona portal orqali tekshirish mumkin (video)

Ariza holatini Davlat xizmatlari markaziga takroran bormasdan Yagona portal (my.gov.uz) orqali tekshirish va tayyor hujjatingizni chop etishingiz mumkinligidan xabaringiz bormi?

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali jamoasi o‘z foydalanuvchilariga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun topshirilgan ariza holati va natijasini «ariza holatini tekshirish» funksiyasidan foydalangan holda maxsus parolni kiritish bilan nazorat qilish mumkinligi haqida videorolik tayyorladi.

Maxsus parol har bir ariza uchun amallar tarixidagi «ariza haqida ma’lumot» menyusida joylashgan. Davlat xizmatlari markazi orqali ariza yuborishda operator sizga ariza raqamini, shuningdek maxsus kodni o‘z ichiga olgan ariza topshirganingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.

Arizangiz holatini ushbu havola yordamida Yagona portali orqali tekshirib, natijani chop etishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring