Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«AQShda faqat ikki jins – erkak va ayol tan olinadi» — Tramp

«AQShda faqat ikki jins – erkak va ayol tan olinadi» — Tramp

Donald Tramp AQShning 47-prezidenti sifatida rasman ishga kirishgani xabar qilingandi.

Qasamyod qabul qilganidan so‘ng Tramp inauguratsiya nutqi bilan chiqish qildi. Unda u tez orada «tarixiy ahamiga ega» bir qator farmonlarni imzolashini ta’kidladi.

Xususan, Tramp AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilish, narkotik kartellarini terrorchi tashkilotlar deb e’lon qilish, Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomlash va «AQShda faqat ikki jins – erkak va ayolni tan olishini aytdi».

«Amerikaning oltin davri hozir boshlanmoqda. Mamlakatimiz dunyoning qolgan qismi hasad qiladigan darajada gullab-yashnaydi», dedi u nutqi yakunida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring