Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Davlat kotibi Putinning qamalishi bo‘yicha savolga javob berdi

AQSh Davlat kotibi Putinning qamalishi bo‘yicha savolga javob berdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish haqidagi orderiga izoh berar ekan, mamlakat XJS a’zosi emasligini ta’kidladi.

Bu haqda u AQSh Senatidagi tinglovda ma’lum qilgan. 

Senator Lindsi Grem Blinkenga tegishli savolni berib, Putinni AQShga kelsa hibsga olishga chaqirgan.

«Biz XJS a’zosi emasmiz», deb javob bergan Blinken va Putinning AQShga borish rejasi yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, Blinken agar Putin XJS qarorlari tan olinadigan davlatlarga borsa, qonunga amal qilish lozimligini ta’kidlagan. 

AQSh rahbari Jo Bayden esa Putinni hisbga olish qarorini «adolatli» deya atagandi. 

Avvalroq Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergandi.

Unda aytilishicha, bu shaxslar bolalarni «Ukrainaning bosib olingan hududlaridan Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy deportatsiya qilish»dan iborat bo‘lgan harbiy jinoyatlarga aloqador.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring