AQSh: 6 oyda 636 kishi politsiyachilar tomonidan o‘ldirildi
AQShda 2024-yil boshidan buyon politsiyachilar tomonidan 636 kishi o‘ldirildi. Shu yo‘nalishda statistika yuritiluvchi Mappingpoliceviolence.us portali ma’lumotlari bunga shohidlik beradi.
2024-yilning birinchi yarmida faqat 8 kun politsiya xodimlari odam o‘ldirishmadi.
2023-yilda 1 247 kishi (27 foizi qora tanlilar) politsiya zo‘ravonligi qurboni bo‘lgan. So‘nggi 10 yilda politsiya tomonidan sodir etilgan qotilliklar soni eng ko‘p 2023-yilga to‘g‘ri keladi. 2024-yilning dastlabki 6 oyidagi raqamlar esa tendensiya o‘sishga moyilligini ko‘rsatmoqda.
Aksariyat holatlarda (98,1 foiz) politsiyachilar qotillik uchun javobgarlikka tortilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter