Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Maqsudov Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi

Alisher Maqsudov Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi

Foto:«Parliament.gov.uz»

2020-yil 11-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Alisher Maqsudov nomzodini ko‘rib chiqqanlar.

Majlisda Alisher Maqsudov lavozimga kirishganidan so‘ng ekologiya sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida qisqacha axborot berdi.

«Majlis yakunida Alisher Maqsudov nomzodini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullash haqidagi qarori qabul qilindi» , deyiladi Qonunchilik palatasi saytida berilgan xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring