Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aktyor Klod Brasser vafot etdi

Aktyor Klod Brasser vafot etdi

Foto: «AFP 2020 / Yohan Bonnet»

Fransiyalik aktyor Klod Brasser 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi RTL telekanali.

Brasser aktyor Per Brasser va aktrisa Odett Juayo oilasida dunyoga kelgan. Taniqli yozuvchi Ernest Xeminguyey esa uning cho‘qintirgan otasi bo‘lgan. Hayotiy faoliyati davomida aktyor Marsel Karne, Fransua Tryuffo, Jan-Lyuk Godar va Jorj Lotner singari rejissyorlar olgan filmlarda suratga tushgan.

U «Yetti gunoh», «Barokko», «Fillar ham vafodor bo‘lmaydi», «Bum» va «Bum-2» kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan.

Aktyor 1977 va 1980-yillarda ikki marta «Sezar» kinematografiya mukofotini qo‘lga kiritgan. 2008-yilda esa faxrli legion Orden kavaleri unvoniga sazovor bo‘ldi.

«Frans Press» agentligi Brasser vakiliga tayanib, uning o‘limi koronavirus bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi. U Parijdagi Per-Lashez qabristoniga dafn etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring