Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi Ishchi guruhining Andijonda xizmat safari boshlandi

AKT vazirligi Ishchi guruhining Andijonda xizmat safari boshlandi

Bugun, 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi Ishchi guruh Andijon viloyatidagi soha korxona, tashkilot va muassasalari tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan tanishishni boshladi. An’anaga aylangan mana shunday o‘rganishlarda erishilgan yutuqlar bilan birga, muammoli masalalarni joyida hal etishga ham katta e’tibor qaratiladi.

Navbatdagi tashrif «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning Andijon radiotelevideniye uzatish markazidan boshlandi.

Andijon shahar yaqinidagi Beshbosh adirligida dengiz sathidan 892 metr balandlikda joylashgan radiotelevizion stansiyada 186 mertlik minora o‘rnatilgan. Bu yerdan Andijon viloyati 100 foiz, Farg‘ona viloyati 70 foiz va Namangan viloyati 60 foiz teleradioeshittirish dasturlari bilan qamrovi ta’minlanadi.

Shuningdek, stansiyadan «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «O‘zbekiston 24» radiodasturlari ham uzatiladi.

Andijon radiotelevideniye uzatish markazi mutaxassislari Ishchi guruhga kelgusida qilinadigan ishlar xususida gapirib berishdi.

«Zimmalaringga yuklangan vazifa g‘oyatda mas’uliyatli, — dedi AKT vaziri Shuhrat Sodiqov markaz xodimlari bilan muloqot chog‘ida. — Har qanday sharoitda ham aholiga teleradiodasturlarni sifatli uzatish muhim. Buning uchun sizlarga zarur sharoitlar yaratilib berilishi kerak. Bu borada bor kuchimizni ayamaymiz».

Ishchi guruhning Andijon viloyati bo‘ylab xizmat safari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring