Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri Nukusda IT-texnikum ta’mirlanishi jarayoni bilan tanishdi

AKT vaziri Nukusda IT-texnikum ta’mirlanishi jarayoni bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 10-sentyabr kuni IT sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazgandi. Unda bir qator topshiriqlar berilgandi.

Unga ko‘ra, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlangandi. Tashkil etilishi kutilayotgan bu texnikumlarda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda texnikumlarni tashkil etish uchun joylarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Nukus shahrida ochilishi kutilayotgan yangi IT- texnikumning tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida vazir Nukus IT texnikumini 2021-2022 o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha olib borilayatgan joriy ta’mirlash ishlarining oxirgi jarayoni bilan tanishdi. Bajarilgan ishlarning umumiy hajmi ko‘rsatilib, ushbu ob’yektning keyingi rejalari muhokama qilindi. Vazir texnikumning bo‘lajak dizayni bilan tanishib, O‘zbekistonning yetakchi IT korxonalarida aks etgan ranglar palitrasidan foydalanish bo‘yicha o‘z taklifini berdi. Shu bilan birga, "O‘zbektelekom" AKning mahalliy filialiga, ushbu ob’yektning ta’mirlash ishlariga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ushbu IT-texnikum qurilish ishlarining tugatilishi joriy yilning 25 sentyabr kuniga rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, AKT vaziri Sh. Sodiqov TATU Nukus filiali binolaridan biriga tashrif buyurib, talabalarga yotoqxona tashkil etish uchun binolardan birini kapital ta’mirlash jarayonini ko‘rdi. Vazir TATU filiali binolarining holati bo‘yicha tanqidiy tahlil o‘tkazib, mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring