Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov boshliq delegatsiya Afg‘onistonda qator masalalarni muhokama qildi

Abdulaziz Komilov boshliq delegatsiya Afg‘onistonda qator masalalarni muhokama qildi

Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘ldi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, Kobulda O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonning qator rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Muzokaralar chog‘ida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Afg‘oniston hududi orqali turli tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Muhim transport-energetika loyihalarini amalga oshirish, xususan, «Termiz–Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar» temir yo‘lini qurish, «Surxon–Puli-Xumri» yo‘nalishi bo‘ylab elektr tarmog‘ini tortish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ishning amaliy bosqichiga tezroq o‘tish zarurligini ta’kidladilar va ikki tomonlama kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Muloqotlar chog‘ida ayollar huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish, qizlarning Afg‘onistonda ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek, Termiz shahridagi Ta’lim markazi negizida afg‘on kadrlarini tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuvlar doirasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar o‘zaro anglashuv ruhida o‘tdi va muhokama qilingan masalalar yuzasidan tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istagini bildirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring