7 trillion so‘mdan ziyod kreditlar — «Mikrokreditbank» natija va vazifalarni e’lon qildi

Bugun, 24 fevral kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Mikrokreditbank» ATB tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda bank rahbariyati, OAV vakillari, blogerlar va iqtisodiy tahlilchilar ishtirok etdi.
Bank tomonidan 2024 yilda 7 trln. so‘mdan ziyod kreditlar ajratildi. Shundan, 1,9 trln. so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirildi, 2,4 trln. so‘mlik kreditlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturidan moliyalashtirildi, 2 trln. so‘m kichik biznes subektlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi hamda 1,5 trln. so‘mlik mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi.
Natijada bankka biriktirilgan 1 230 ta mahallada ularning rivojlanish drayverlariga asosan jami 232,7 ming nafar aholi bandligi ta’minlandi, ularning 113,7 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi.
Xususan, «Sayxunobod» tajribasi asosida xonadonbay ishlash orqali 7 273 ta xonadonga 136,5 mlrd so‘mlik «moliyaviy paket»lar joylashtirildi.
Shu bilan birga, 1,2 trln. so‘m bank krediti hisobiga 42 048 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 73,1 mingta ish o‘rni yaratildi.
«Uychi» tajribasi asosida 996 ta uchrashuvlarda ko‘tarilgan 8,3 mingta murojaatlar hal qilinishi natijasida 31,4 mingta ish o‘rinlari yaratildi.
2024 yilda bank tomonidan xalqaro moliya institutlaridan 124 mln doll. resurs olib kelindi, aholi va tadbirkorlardan 1,1 trln. so‘m depozit, 609 mlrd. so‘m omonat jalb qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida 2024-yilda bank tomonidan 89 592 nafar xotin-qizlarning aynan biznesini moliyalashtirish uchun 1 trln 604 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar yo‘naltirildi va 92 200 nafar ayollar bandligi ta’minlandi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun jami 2 trln 397 mlrd so‘m kreditlar ajratildi.
Mazkur kreditlarning 1 trln 196 mlrd so‘mi yoki 50 foizi 78 836 nafar xotin-qizning tashabbuslarini imtiyozli shartlarda moliyalashtirishga yo‘naltirildi.
Bankka biriktirilgan 1 121 ta mahallaga yangi tizim asosida 332 ta «mahalla bankiri» shtati ochilib, malakali va tashabbuskor xodimlar bilan butlandi.
Mahalla sektorlari, mahalla bankirlari va yordamchi agentlari tomonidan joriy yilda Kichik va o‘rta biznesga 5,4 trln so‘m va dasturlar doirasida 2,9 tlrn so‘m kredit ajratish belgilangan.
Shundan, PQ-312 sonli qaror doirasida 1 trln so‘m, «Biznesga birinchi qadam» doirasida 315 mlrd so‘m, Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 1,5 trln so‘m, Hamroh dasturi doirasida 57 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Bank tomonidan 2025 yilda barcha imkoniyatlarni ishga solish orqali 320 ming kishining bandligi ta’minlanadi, ularning 131 ming nafari doimiy daromadli ishga joylashtirilsa, 189 ming nafari tadbirkorlikka jalb etiladi.
Buning uchun barcha manbalar hisobidan 7,7 trillion so‘mlik kreditlar ajratiladi.
Kredit mablag‘larining asosiy qismi, ya’ni kamida 50 foizi kichik biznes subektlariga yo‘naltiriladi. Bu maqsadga erishish uchun joriy yilda xalqaro moliya institutlaridan 260 million dollar mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan. Mazkur mablag‘larning 50 million dollari «moliyaviy ommaboplik» dasturi doirasida mikroloyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Aholiga ijaraga berilgan 1 756 gektar yer maydonlarida «Bir kontur – bir mahsulot» tamoyili asosida 160 ta namunali loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu maqsadda 160 ta agregator tanlab olindi.
Dastlabki ekin sifatida 5 400 nafar aholi kooperativlarga a’zo bo‘lgan.poliz va sabzavotlar yetishtirish uchun agregatorlarning 3,8 mlrd so‘m kreditga talabi aniqlandi.
«Super loyiha» doirasida «yetishtirish – qayta ishlash – sotish» zanjirini yaratish uchun 105 gektar yer maydonida 7 ta namunaviy loyiha shakllantirildi.
Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumani, «Tazg‘ara» OFYda yoshlarga 15 gektar yer maydoni ijaraga berildi. Birinchi ekinda – pomidor, ikkinchi ekinda – ko‘katlar ekilishi rejalashtirilgan.
Yanvar-fevral oylarida «Uychi» tajribasi asosida bank mijozlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida 5 857 nafar tadbirkorlar bilan 482 marotaba uchrashuv o‘tkazilib, unda ko‘tarilgan 2 118 ta murojaat ijobiy hal qilinishi natijasida 2 188 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Jumladan, 1 823 tasiga 63 mlrd so‘m kredit ajratildi, 8 tasini 20 mlrd so‘mlik kredit qarzdorligi muddati uzaytirildi, 287 ta boshqa masalalar hal etildi.
«Mikrokreditbank» jamoasi yurtimizda kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik hamda kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish borasidagi faoliyatini davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter