6 oyda O‘zbekistonga 80 mingdan ortiq xorijlik tijorat maqsadida kelgan – statistika
2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Ctatistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 51,4 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.
Hisobot davrida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar kesimida eng ko‘p – Turkmaniston (48 186 nafar), Tojikiston (25 729 nafar), Afg‘oniston (1 866 nafar) va Xitoy (822 nafar) davlatlaridan tashrif buyurgan.
Shuningdek, Hindiston (648 nafar), Turkiya (615 nafar), Qirg‘iziston (465 nafar), Janubiy Koreya (400 nafar), AQSh (261 nafar), Rossiya (215 nafar) va boshqa davlatlar (1 309 nafar)dan ham xorijliklar tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter