Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

3 oyda qariyb 100 ta bolalar bog‘chasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan

3 oyda qariyb 100 ta bolalar bog‘chasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan

2024-yilning 3 oyi davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan 1272 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruvlar amalga oshirildi.

Bu haqda Qo‘mita axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, respublikada jami 6 824ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, 18 foizi «Autsorsing usul»ida, 82 foizi esa «An’anaviy usul»da tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etgan.

Qo‘mitaning xududiy boshqarmalari tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan kimyoviy tahlillar uchun jami 26 534 ta namunalar olingan, shulardan 1 554 tasi, ya’ni 5,8 foizi talabga javob bermagan bo‘lsa, bakteriologik tahlillar uchun olingan 31 791 ta namunalardan 3 149 tasi, ya’ni 9,9 foizi Sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga javob bermagan.

Guruhlarda xona harorati (mikroiqlim ko‘rsatgichlari) 7 921 ta holatda tekshirilgan va 612 tasida harorat talab darajasida emasligi aniqlangan. Yorug‘lik ko‘rsatkichlari 14 658 ta nuqtada o‘lchangan va 1 250 tasida yoritilganlik darajasi pastligi aniqlangan.

Tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini to‘g‘ri va xavfsiz tashkil etilganligi ustidan nazoratni amalga oshirish chog‘ida mikrobiologik ko‘rsatkichlarga tayyor oziq-ovqat mahsulotlaridan 3 062 ta namuna olingan va ulardan 109 tasi talabga javob bermagan, ichimlik suvidan esa 1 865 ta olingan namunadan 57 tasi talabga javob bermagan.

Kimyoviy tahlillar uchun ovqat to‘yimliligi 1 242 ta namunalar tekshirilgan, shulardan 189 ta namunada ovqat to‘yimliligi past ekanligi aniqlangan, sabzavotlarda nitrat qoldiqlarini tekshirish uchun 3 501 ta namuna olingan, 76 ta namunada nitrat qoldiqlari borligi aniqlangan, osh tuzida yod miqdorini aniqlash uchun 760 ta namuna tekshirilgan va ularning 243 tasida namunalarda yod miqdori me’yorga nisbatan kamligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib esa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga nisbatan 1 102 ta holatda ma’muriy choralar (jarimalar) qo‘llanilgan, 92 ta muassasalarining esa ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. 228 nafar ishchi-xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmaganliklari sababli ishdan vaqticha chetlatilgan va 104 kilodan ortiq miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari brakeraj qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring