+23. Bu safar yana Samarqandda aholi orasidan kasallik chiqdi
2020-yil 30-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3546 (+23) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, 19 nafari Karantin markazidan, jumladan, Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali kelgan 14 nafar, 26-may kuni Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi charter reysi orqali 2 nafar, 26-may kuni Qozog‘iston va xuddi shu kuni Rossiya – Qozog‘iston orqali mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yana 3 nafar fuqaroda qayd etildi.
Ayni paytda yurtimizda 2783 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 749 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter