Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2023-2024-o‘quv yilidan sport ta’limi xorijiy dasturlar asosida shakllantiriladi

2023-2024-o‘quv yilidan sport ta’limi xorijiy dasturlar asosida shakllantiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari shu yil 23-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sport ta’limini rivojlantirish, sohaga ilmiy yondashuvlarni tatbiq etish vazifasini qo‘ygan edi.

Taqdimotda shu borada tayyorlangan reja-takliflar ko‘rib chiqildi. Ular uchta muhim yo‘nalishni qamrab olgan: birinchisi — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallarida ta’lim sifatini oshirish, ikkinchisi — sport ta’limi muassasalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish, uchinchisi — sohada ilmiy tadqiqotlar tizimini yaxshilash.

Qayd etilishicha, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab ta’lim dasturlari yetakchi xorijiy universitetlarning dasturiga ko‘ra shakllantiriladi. Barcha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga oid malaka talablari qayta ko‘rib chiqiladi, o‘qituvchilar va bitiruvchilarning bilimi, mahorati va pedagogik ko‘nikmalarini baholovchi kompetensiyaviy sertifikatlash yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring